"Pora" spektakli premyerasi
19-11-2025 14:18 112
Pora-bu jamiyatning fojeasini koʻrsatadigan zamonaviy drama. Sobit obrazi orqali muallif halollikning yoʻqotilishi qanday qilib insonni ichdan yemirishini, ota esa vijdon va eʼtiqodining soʻnggi tayanch ekanini koʻrsatadi.
Spektaklda pora nafaqat pul, balki befarqlik, oqlash va qoʻrquv ramzi sifatida talqin etiladi.
Muallif: Qoʻchqor Norqobil
Rejissyor: Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri bosh rejissyori Farhod Boynazarov
"Buyuk turon" asari Badiiy Kengash a'zolariga muvaffaqiyatli topshirildi
07-10-2024 18:06 449
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining 2024-yil repertuar rejasiga asosan sahnalashtirilishi belgilangan Iftixar Piriyev qalamiga mansub "Buyuk turon" asari, rejissyor Asqar Xolmo'minov tomonidan sahnalashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.Tajixanov boshchiligidagi Badiiy Kengash a'zolariga muvaffaqiyatli topshirildi.
"Buyuk turon-1" asari Badiiy kengash aʼzolari tomonidan nazorat koʻrigi oʻtkazildi
27-09-2024 17:49 467
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrining 2024-yil repertuariga muvofiq 6 ta mustaqil turkiy davlatlardan taklif etilgan ijodkorlar tomonidan sahnalashtirilayotgan "Buyuk turon-1" asarini Vazirlikning Badiiy kengash aʼzolari tomonidan nazorat koʻrigi oʻtkazildi. Bundan tashqari nazorat koʻrigiga tarixchi olimlar Gʻaybulla Boboyorov, Joʼliboy Eltnazarovlar ham ishtirok etishdi. Rejissyor Asqar Xolmoʼminov tomonidan sahnalashtirilayotgan ushbu asar shu yilning 30-oktyabr kuni Vazirlikning Badiiy kengash aʼzolariga topshirilishi rejalashtirilmoqda.
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida 104-mavsum ochilishi
10-09-2024 18:53 429
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining "104-mavsum ochilishi" munosabati bilan teatr binosida tantanali tadbir tashkil etildi. Mavsum ochilishi tadbirini Kattaqo’rg’on shahar hokimi G.Alimova hamda teatr direktori B.Tugalovlar ochib berdi. Tadbir davomida teatrni bir asrlik faoliyati tadbir ishtirokchilariga tanishtirildi. Tadbirda Kattaqo’rg’on shahrining ko’plab ziyolilari va shahar yoshlari qatnashdi. Mavsum ochilishining so’ngida Farmon Toshev qalamiga mansub, rejissyor G‘ofur Mardonov tomonidan sahnalashtirilgan "Qaltis qadam" spektakli namoyish etildi.
Bahodir Yoʻldoshev tavalludining 79 yilligi
09-09-2024 09:30 510
O’zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Oʻzbekiston xalq artisti, rejissyor (marhum) Bahodir Yoʻldoshev tavalludining 79 yilligi munosabati bilan Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida xotira kechasi bo’lib o’tdi.










