Narpay tumani maktab o‘quvchilariga spektakllar namoyish etildi
22-11-2024 19:07 320
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodkorlari tomonidan A.Avloniy asari, rejissyor M.Ro‘ziyev tomonidan sahnalashtirgan "Advokatlik oson-mu?" va Vladimir Orlov asari J.Jomonov tarjimasi, rejissyor Mamaniyoz Ro‘ziyev tomonidan sahnalashtirilgan "Mening mehribon dadam" spektakllari Narpay tumanidagi 24-maktab o’quvchilariga namoyish etildi.
Kuzgi ta'til davomida bolajonlarga spektakllar namoyish etilmoqda
03-11-2024 09:45 426
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrida maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda tuzilgan reja grafik asosida hafta davomida spektakl namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri ijodkorlari tomonidan "Alvido bolalik", "Super quyon" va "Qorashox va olmaxon" nomli spektakllar namoyishi boʻlib oʻtmoqda. Bolalar uchun qoʻyilayotgan mazkur rang barang spektakllar yoshlarning ruhiyatiga mos kelishi oʻrganilib keyin namoyish etilmoqda. Taqdim etilayotgan spektakllar bolalarga yoqmoqda.
Kattaqo’rg’on shahar drama teatri do’stlik gastrol safari bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida
13-07-2024 19:32 365
Kattaqo’rg’on shahar drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida I.CHernishev asari, X.Egamberdiyev tarjimasi, rejissyor Feruzbek Abdurayimov tomonidan sahnalashtirilgan "Super-quyon" ertak komediya spektaklini namoyish etdi.
Kattaqo’rg’on shahar drama teatri do’stlik gastrol safari bilan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida
11-07-2024 18:57 380
Mana bir necha kundirki, Kattaqo’rg’on shahar drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida I.CHernishev asari, X.Egamberdiyev tarjimasi, rejissyor Feruzbek Abdurayimov tomonidan sahnalashtirilgan "Super-quyon" ertak komediya spektakli namoyish etilmoqda.
“Qaltis qadam” Xorazmda namoyish etildi
23-04-2024 16:54 391
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 1-yanvardagi 3-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Kattaqo’rg’on shahar drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan Xorazim viloyati musiqali drama teatrida yozuvchi Farmon Toshev asari asosida, rejissyor G’ofur Mardonov tomonidan sahnalashtirilgan “Qaltis qadam” spektakli namoyish etildi.










